De Dzerbi keyingi mavsumda Tottenhemni tanlashga moyil

"Marsel" bosh murabbiyligidan yaqinda bo'shatilgan Roberto de Dzerbi endi Angliya Premyer-ligasidagi bir qator grand klublar bilan tilga olinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Transfer News Live Sky Sports manbasiga tayanib xabar berishicha, italiyalik mutaxassis imkoniyat tug'ilsa, keyingi mavsumda "Manchester Yunayted"dan ko'ra "Tottenhem"ni boshqarishni afzal ko'radi.
De Dzerbi avval ham APLda ishlagan — u "Brayton"ni boshqargan.
"Tottenhem" yaqinda Tomas Frank bilan xayrlashib, mavsum oxirigacha Igor Tudor bilan kelishib oldi. "Manchester Yunayted" esa Ruben Amorim ketganidan so'ng jamoani yozgacha Maykl Kerrikka ishonib topshirgan.































Izohlar 0
…