Al-Hilalda duranglar ko‘paydi, Indzagi iste’fosi muhokamada

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilal» hali mag‘lub bo‘lmadi, biroq so‘nggi turdagi bir nechta durang natijalar jamoani turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko‘ra, shu fon’da Simone Indzagining bosh murabbiylikdan ketishi ehtimoli haqida gap-so‘zlar kuchaygan. Klub muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi kayfiyatda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagining o‘zi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning «Al-Hilal» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdorda kompensatsiya ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Simone Indzagi dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar ro‘yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!