Luis Enrike PSJning hozirgi holatini izohladi, futbolchilar mashina emas

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jurnalistlar bilan suhbatda jamoasining ayni paytdagi jismoniy va ruhiy holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispan mutaxassisning aytishicha, 2024-2025 yilgi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin parijliklarda tabiiy ravishda pasayish kuzatilmoqda.
Enrike barcha futbolchilarni bir mavsum davomida doim bir xil darajada tayyor ushlab turish imkonsizligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, o‘tgan yilgi yuqori yuklama va natijalar bu mavsumga ham o‘z ta'sirini o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum PSJ barcha asosiy sovrinlarni qo‘lga kiritdi: Fransiya chempionati, Kubok va Superkubok, shuningdek Chempionlar ligasida ham g‘olib bo‘ldi.
Hozirda Enrike jamoasi Liga 1 turnir jadvalida 54 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!