PSJ prezidenti Vitinya masalasida Realga keskin qaror qildi

"PSJ" yarim himoyachisi Vitinya Madridning "Real" klubi uchun transfer bozoridagi eng jiddiy nishonlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
26 yoshli portugaliyalik futbolchi "qirollik" klubiga o‘tish g‘oyasiga ijobiy qarayotgani aytiladi, biroq parijliklar uni qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. The Touchline xabariga ko‘ra, "PSJ" prezidenti Nasser al-Xelaifi Vitinyani aynan "Real"ga sotishni istamayapti — ayniqsa Kilian Mbappe bilan bog‘liq voqealardan keyin.
Manbaga ko‘ra, al-Xelaifi "qaymoqranglilar"ni kuchaytirib qo‘ymaslik uchun bor imkoniyatini ishga solmoqchi. "PSJ"ning yana bir yulduzi Madridga yo‘l olishi sport va ramziy jihatdan Parij klubi uchun og‘riqli zarba sifatida qabul qilinishi mumkin.
Transfermarkt portali Vitinyaning bozor qiymatini 110 mln yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!