date

Manchester Yunayted fevral oyining eng yaxshisini e'lon qildi

Manchester Yunayted fevral oyining eng yaxshisini e'lon qildi

«Manchester Yunayted» fevral oyidagi natijalarga ko'ra jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Klub muxlislari va klub ichki baholashlari asosida bu mukofot hujumchi Benyamin Sheshkoga nasib etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'tayotgan oyda sloveniyalik forvard «Manchester Yunayted» safida to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi. Sheshko «Fulhem», «Vest Hem» va «Everton» darvozalarini ishg'ol qildi.

«Vest Hem»ga qarshi bahsdagi jarima maydoni ichidan bir teginishda aniq yakunlangan goli esa «Manchester Yunayted» muxlislari tomonidan fevral oyining eng chiroyli goli deb topildi. Aynan o'sha gol «qizil iblislar»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bahorning ilk kunida «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Kristal Pelas»ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted fevral oyining eng yaxshisini e'lon qildi