Dortmund Borussiyasi so'nggi yetti yildagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda

Dortmundning «Borussiya»si Bundesliganing joriy mavsumida barqaror va ishonchli o'yini bilan e'tiborni tortmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 turdan so'ng «asalarilar» Germaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda: jamoa 52 ochko jamg'argan. Bu ko'rsatkich klub uchun oxirgi yetti mavsum ichidagi eng yaxshisi hisoblanadi.
28 fevral, shanba kuni «Borussiya» 24-tur doirasida o'z maydonida «Bavariya»ni qabul qiladi. Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.
Markaziy bahs oldidan dortmundliklar peshqadam «Bavariya»dan sakkiz ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing