date

Bournemouth Sunderland bilan durang o'ynab, g'alabani boy berdi

Bournemouth Sunderland bilan durang o'ynab, g'alabani boy berdi

Angliya Premyer-ligasining 28-turida "Bournemouth" o'z maydonida "Sunderland"ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda hisob 18-daqiqada ochildi: mezbonlar darvozaboni Habib Diarraning zarbasini qaytargan bo'lsa-da, Eliyaser Mayenda qaytgan to'pni darvozaga yo'llab, mehmonlarni oldinga olib chiqdi — 0:1. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa Markus Tavernyerning uzatmasidan keyin Evanilson bosh bilan aniq zarba berib, muvozanatni tikladi — 1:1.

O'yin davomida tashabbus ko'proq "giloslar" tomonida bo'lganiga qaramay, "Bournemouth" g'alaba golini ura olmadi va turnir jadvalida 8-o'rinda qoldi. "Sunderland" esa uch mag'lubiyatdan iborat seriyasiga yakun yasab, 9-pog'onani raqiblari bilan bo'lishib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bournemouth Sunderland bilan durang o'ynab, g'alabani boy berdi