date

Ronaldu va Felish «Al-Nasr»ning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Ronaldu va Felish «Al-Nasr»ning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Shanba oqshomida Saudiya Arabistoni Pro-ligasida «Al-Nasr» safarda «Al-Feyha»ga qarshi bahs olib boradi. Ar-Riyod klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar roʻyxatini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Start tarkib: Bento, al-Bushayl, Simakan, Martines, al-Amri, Brozovich, al-Haybari, Koman, Mane, Felish, Ronaldu.

Koʻrinib turibdiki, yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu ilk daqiqalardan maydonga tushadi. Portugaliyalik futbolchi 1000 ta gol marrasiga yanada yaqinlashishga harakat qiladi: hozircha uning hisobida 965 ta gol bor.

«Al-Feyha» – «Al-Nasr» uchrashuvini matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin. «Al-Nasr» gʻalaba qozonsa, Pro-liga jadvalida yana birinchi oʻringa qaytadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va Felish «Al-Nasr»ning asosiy tarkibida maydonga tushadi