Bordalas Real bosh murabbiyi Arbeloa haqida fikr bildirdi

«Xetafe» bosh murabbiyi Xose Bordalas Madridning «Real» jamoasini boshqarayotgan Alvaro Arbeloa haqida o'z fikrini aytdi. Jamoalar La Liganing 26-turida 2-mart, dushanba kuni «Santyago Bernabeu» stadionida to'qnash keladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bordalasning ta'kidlashicha, Arbeloa murabbiylikda hali yangi bo'lsa-da, kelajakda katta natijalarga erishishi mumkin. U hamkasbiga omad tilab, «Real»dagi bosim va mas'uliyat juda yuqori ekanini alohida qayd etdi.
Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.
Arbeloa yanvar o'rtalaridan beri «Real»ni boshqarib kelmoqda — u ishdan bo'shatilgan Xabi Alonsoning o'rnini egallagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing