date

Gvardiola Lids ustidan minimal g'alabadan so'ng gapirdi

Gvardiola Lids ustidan minimal g'alabadan so'ng gapirdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasida "Lids"ga qarshi safarda qo'lga kiritilgan 1:0 hisobidagi g'alabadan keyin o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona golni Antuan Semenyo birinchi bo'lim yakuniga yaqin paytda urdi. Ushbu natijadan so'ng "shaharliklar" turnir jadvalida peshqadam "Arsenal"dan ortda qolishni yana ikki ochkogacha qisqartirdi.

"Juda ko'p pas berdik — shunchaki omon qolish uchun ham bu zarur edi. Juda qiyin safarni g'alaba bilan yakunladik. Chempionatda yana o'nta o'yin bor, shuning uchun hozir shunday g'alabalar ayni muddao", — dedi Gvardiola BBCga bergan intervyusida.

4 mart, chorshanba kuni "Manchester Siti" o'z maydonida "Nottingem Forest"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Lids ustidan minimal g'alabadan so'ng gapirdi