date

Keyn Bavariya Dortmundni qanday yengganini tushuntirdi

Keyn Bavariya Dortmundni qanday yengganini tushuntirdi

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn Dortmundning "Borussiya"siga qarshi 3:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik forvard uchrashuv qahramoniga aylandi: u ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu natijadan keyin "Bavariya" Bundesligada ikkinchi o‘rinda borayotgan "Borussiya" bilan oradagi farqni 11 ochkoga yetkazdi.

Keynning ta’kidlashicha, jamoa chempionlik poygasidagi eng muhim bahslardan birini yutgan. "Hisobda ortda qolgan bo‘lsak ham, o‘z o‘yinimizdan voz kechmadik. Hafta o‘rtasida Chempionlar ligasida o‘ynaganidan keyin "Borussiya" charchashini bilardik. Taslim bo‘lmadik. Bu yerga kelib g‘alaba qozonish — alohida tuyg‘u. O‘zimiz bilan faxrlansak bo‘ladi", — dedi u.

Keyn joriy Bundesliga mavsumida allaqachon 30 ta gol urib ulgurdi. Chempionat yakuniga qadar esa yana 10 ta tur qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn Bavariya Dortmundni qanday yengganini tushuntirdi