date

Bernardu Silva Manchester Sitida yulduzlar yoqligini aytdi

Bernardu Silva Manchester Sitida yulduzlar yoqligini aytdi

"Manchester Siti" sardori Bernardu Silva APLning navbatdagi turida "Lids" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoa muhitiga to‘xtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu natijadan keyin “shaharliklar” peshqadam "Arsenal" bilan oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirdi. “Elland Roud”dagi uchrashuvda Xosep Gvardiola jamoasining yagona golini birinchi bo‘lim oxirida Antuan Semenyo urdi.

“Bizning klubda hech kim yulduz maqomiga ega emas. Barchamiz fantastik jamoaning bir bo‘lagimiz, bu yerda hamma o‘zini bir xil his qiladi”, — deya Silvaning so‘zlarini keltiradi City Report. U shanba kungi bahsda maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

"Manchester Siti"ning keyingi o‘yini 4 mart kuni "Nottingem Forest"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bernardu Silva Manchester Sitida yulduzlar yoqligini aytdi