Sergey Milinkovich-Savich yana A Seriya grandini qiziqtirmoqda

Sergey Milinkovich-Savich yana A Seriya grandini qiziqtirmoqda

So‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, «Al-Hilol» yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ekrem Konur xabar berishicha, markaziy chiziqni kuchaytirish ustida ishlayotgan «Milan» serbiyalik futbolchini o‘z kuzatuv ro‘yxatiga kiritgan. Biroq asosiy to‘siq o‘zgarmayapti: Milinkovich-Savichning maoshi juda yuqori — u hozir yiliga taxminan 20 mln yevro oladi, shartnomasi esa 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Milinkovich-Savich 2023 yildan beri Saudiya Arabistonida to‘p surmoqda. Yevropani tark etishidan avval u sakkiz yil davomida Rimning «Latsio» jamoasi safida o‘ynagan. Fevral oyida sobiq «byankocelesti» yulduzi 31 yoshni qarshi oldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar