date

Semenyo Arsenalga bosimni davom ettirish kerakligini aytdi

Semenyo Arsenalga bosimni davom ettirish kerakligini aytdi

“Manchester Siti” vingeri Antuan Semenyo APL doirasida “Lids” ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ganalik futbolchi uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi: u birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda “tovus”lar darvozasini ishg‘ol qildi.

“Bu juda muhim g‘alaba. Mavsumning qolgan qismidagi har bir o‘yin alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Biz imkon qadar ko‘proq uchrashuvlarda yutishni va “Arsenal”ga bosimni saqlab qolishni istaymiz”, — dedi Semenyo BBC Match of the Day dasturiga.

U shuningdek “Lids”ning hujumdagi uslubi oson bo‘lmaganini ta’kidladi: “Ular ko‘p uzatma va krosslar berdi, bizga qiyin bo‘ldi. Raqibda ikkinchi qavatda juda yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar ko‘p”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “shaharliklar” turnir jadvalida peshqadam “Arsenal” bilan oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirdi. Yakshanba kuni “kanonirlar” “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Semenyo Arsenalga bosimni davom ettirish kerakligini aytdi