Milan 19 yoshli braziliyalik Andre bilan kelishuvga yaqin

Milan 19 yoshli braziliyalik Andre bilan kelishuvga yaqin

Korintians” yarimhimoyachisi Andre “Milan”ga o‘tishga rozilik berdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, “rossoneri” vakillari 19 yoshli futbolchi bilan prinsipial kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, yosh хавбек bilan tuziladigan shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallanadi. Hozircha “Milan” transfer bo‘yicha “Korintians” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va futbolchi uchun taxminan 15 million yevro taklif qilmoqda.

Andre “Korintians”ning asosiy jamoasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. U markaziy yarimhimoyada ham, qanotlarda ham samarali o‘ynay oladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha kuchda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar