date

Luis Enrike Safonovni yana maqtab, PSJ muammolarini aytdi

Luis Enrike Safonovni yana maqtab, PSJ muammolarini aytdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1ning 24-turida «Gavr»ga qarshi o‘yindan keyin jamoa o‘yiniga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parijliklar safarda minimal hisobda — 1:0 — g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Bredli Barkola bo‘ldi.

Enrikening ta’kidlashicha, PSJ hozir murakkab davrni boshdan kechirmoqda: jamoa aniq vaziyatlarni ko‘p boy beryapti, shuningdek, 11 metrlik jarimalardan ham unumli foydalana olmayapti. Mutaxassis tarkibda sifatli darvozabonlar ham, hujumchilar ham borligini alohida qayd etdi.

Uchrashuvni Matvey Safonov asosiy tarkibda boshladi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. G‘alabadan so‘ng PSJ 57 ochkoga yetdi va ikkinchi o‘rindagi «Lans»dan 4 ochkoga uzoqlashdi.

Rossiyalik posbon 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 12-o‘yinini o‘tkazdi: u bu uchrashuvlarda 12 ta gol o‘tkazib yuborgan, 5 bahsda esa «nol» qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Safonovni yana maqtab, PSJ muammolarini aytdi