date

Juventus Lokatelli bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi

Juventus Lokatelli bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi

Turinning «Juventus» klubi yarim himoyachi Manuel Lokatellini jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuttosport xabariga ko'ra, «bianconeri» futbolchi bilan yangi kelishuv bo'yicha yakuniy bosqichga yaqin. Taklif qilinayotgan shartnoma 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan, Lokatellining maoshi esa yiliga 4 million yevrogacha oshiriladi. Klub bu orqali futbolchining joriy mavsumdagi o'yinlarini e'tirof etmoqchi.

Manuel Lokatelli «Sassuolo»dan «Juventus»ga 2023 yilda 36 million yevro evaziga o'tgan. Uning amaldagi bitimi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Bu mavsum yarim himoyachi Turin klubi safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Juventus Lokatelli bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi