date

Arbeloa JCh oldidan ehtiyotkor o'yinchilarni tushunmayman dedi

Arbeloa JCh oldidan ehtiyotkor o'yinchilarni tushunmayman dedi

Madridning «Real» klubi murabbiyi Alvaro Arbeloa jahon chempionati bo'ladigan yil futbolchilar uchun qanday kechishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matbuot anjumanida unga yaqinda o'zi ham futbolchi bo'lganini eslatib, JCh yili o'yinchilar kuchini qanday taqsimlashi kerakligi so'raldi. Arbeloa esa avvalo klub oldidagi mas'uliyatni to'liq bajarish, keyin esa chaqiruv bo'lsa terma jamoa uchun ham shunday fidokorona o'ynash kerakligini ta'kidladi.

«Men kuchini asraydigan, kurashga kirishmaydigan, jarohatdan qo'rqib o'zini tiyadigan yoki maydonda boshqa narsani o'ylab, maksimal darajada o'ynamaydigan futbolchilarni tushunmayman. Hozir bu «Real» uchun oxirigacha berilish degani. Ishonchim komil, bizning yigitlar ham to'liq kuch bilan harakat qiladi», — dedi Arbeloa.

Mutaxassisning fikricha, jahon chempionatiga tayyorgarlikning eng to'g'ri yo'li — klub safida yuqori daraja ko'rsatish va har bir o'yinda o'zingni isbotlash.

Eslatib o'tamiz, yozdagi jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa JCh oldidan ehtiyotkor o'yinchilarni tushunmayman dedi