date

Autsayderlar bahsida Parij Nitsani minimal hisobda yengdi

Autsayderlar bahsida Parij Nitsani minimal hisobda yengdi

Fransiya Liga 1ning 24-turida «Parij» o'z maydonida «Nitsa»ni qabul qildi va autsayderlar to'qnashuvida 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv avvalida Jonatan Kloss Tom Loshe uchun qulay vaziyat yaratdi, biroq futbolchi darvozani nishonga ololmadi. 27-daqiqada Saymon Mouzes darvozabonni aldashga yaqin keldi, ammo epizod davomida Marshall Manetsi qaytgan to'pdan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo'lim oxirlarida «Parij» g'alabani mustahkamlashi mumkin edi: Jan-Filipp Krasso zarbasi ustunga tegdi. O'yin yakuniga yaqin Tibo de Smet maydondan chetlatildi, ammo «Nitsa» ko'pchilik ustunligidan foydalanishga ulgurmay qoldi.

Natijada «Parij» turnir jadvalida «Nitsa»ni ortda qoldirib, 14-o'ringa ko'tarildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Autsayderlar bahsida Parij Nitsani minimal hisobda yengdi