Arbeloa Rodrigoni Realning hal qiluvchi kuchi deb biladi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Rodrigo haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, Rodrigo jarohatlarigacha ham jamoa uchun muhim rol o'ynagan va yana «Real»ning asosiy tayanchlaridan biriga aylanishi mumkin. Arbeloa uni hal qiluvchi futbolchi bo'lish salohiyatiga ega deb baholadi.
Murabbiy Rodrigo «Real» safida yillar davomida o'z darajasini isbotlab kelayotganini ta'kidladi. Uning fikricha, braziliyalik futbolchi hujumning uchala nuqtasida ham o'ynay oladi: texnikasi, maydonni ko'ra bilishi, hujumga qo'shilishi, yakunlovchi zarbasi va yakkama-yakka vaziyatlardagi ustunligi yuqori. Arbeloa Rodrigo universalligi sabab himoyachilar uchun juda noqulay raqib ekanini ham qo'shimcha qildi.
«U bizga turli taktika va yechimlar uchun ko'plab variant beradi. Men uning qaytishini juda xohlayman. Umid qilamanki, u asta-sekin ko'proq daqiqa to'playdi va jamoada yanada muhimroq figuraga aylanadi», — dedi Arbeloa jurnalistlar bilan suhbatda.
«Real» 2 mart, dushanba kuni La Ligada «Xetafe»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!