Ndika Roma durangidan norozi, ammo to'rtinchi o'rin saqlandi

Italiya A Seriyasining 27-turidagi markaziy bahsda «Roma» va «Yuventus» tomoshabop o'yin ko'rsatib, 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvda rimliklar safida gol mualliflaridan biri bo'lgan Evan Ndika o'yindan keyin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Himoyachi «Roma» 3:1 hisobida oldinda borib, g'alabani qo'ldan chiqarganidan ranjiganini yashirmadi. Uning so'zlariga ko'ra, qo'shib berilgan daqiqalarda «Yuventus» mag'lubiyatdan qutulib qolgani alamli bo'lsa-da, jamoa maydonda munosib o'yin ko'rsatgan.
Ndika natija umumiy mehnatni inkor eta olmasligini ta'kidlab, eng muhimi, «Roma» tur yakunlariga ko'ra A Seriya jadvalida to'rtinchi o'rinni saqlab qolganini qo'shib o'tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing