Navarro Ronaldu bilan epizodni eslab, meni qamashmoqchi edi dedi

2012 yilda «Levante» himoyachisi David Navarro Ispaniya chempionatidagi o'yinlardan birida «Real» safidagi Krishitanu Ronaldu bilan keskin to'qnashuv markazida qolgan edi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Navarro tirsagi bilan raqibiga zarba berib yuborgan, natijada Ronaldu qoshidan yorilib ketgan va qonga belangan futbolkasini almashtirishiga to'g'ri kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Navarroning aytishicha, eng katta bosimni u o'sha paytda Madrid matbuotidan ko'rgan. «Ular meni hibsga olishni talab qilishdi. Rostini aytsam, o'yin tezligida zarbani ham sezmadim. Men va Xuanfran to'p uchun sakragandik, Krishitanu esa orqadan yugurib kelib kurashga qo'shildi. Men uni ko'rmaganman», — deya sobiq futbolchining so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o'tamiz, David Navarro 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!