date

Gvardiola Besh gol so‘radim futbolchilar quloq solmadi dedi

Gvardiola Besh gol so‘radim futbolchilar quloq solmadi dedi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining so‘nggi o‘yinlarda ishonchsizroq g‘alaba qozonayotgani haqidagi savolga kinoya bilan javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Shaharliklar» turnir jadvalida «Arsenal»ni quvib borishda davom etmoqda, biroq oxirgi ikki bahsda yutuq oson kelmadi: «Nyukasl» 2:1 hisobida taslim etildi, «Lids»ga qarshi uchrashuvda esa taqdirni bitta gol hal qildi.

«Men yigitlardan “Lids”ga beshta gol urishni so‘ragandim, lekin ular meni eshitmadi... Agar bu juda oson deb o‘ylasangiz, adashasiz. Biz yaxshi o‘ynadik, hammasini nazorat qildik», — deya Gvardiola so‘zlarini City Xtra keltirdi.

Chorshanba kuni «Manchester Siti» APLning 29-turida o‘z maydonida «Nottingem Forest»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Besh gol so‘radim futbolchilar quloq solmadi dedi