Nagelsmann Germaniya tarkibiga ikki yulduzni qaytarmoqchi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jarohatlar sabab uzoq vaqt maydonga tushmagan Jamal Musiala va Kay Haversni yana tarkibga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, «Bavariya»ning hujumkor yarim himoyachisi hamda «Arsenal» forvardi mart oyidagi yig‘inga chaqirilishi kutilmoqda.
«Ularning qaytishi mantiqiy: terma jamoadagi so‘nggi o‘yinlaridan beri juda ko‘p vaqt o‘tdi. Men Jamalni jamoamizda o‘n oydan ortiq, Kayni esa undan ham uzoqroq vaqtdan beri ko‘rmaganman. Jahon chempionati oldidan ritmni topishlari uchun yana o‘ynab olishlari juda muhim», — deya Nagelsmannning so‘zlarini jurnalist Florian Plettenberg keltirdi.
Germaniya terma jamoasi 27 mart kuni Shveytsariya va 30 mart kuni Gana bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!