date

Konseysau Ronaldu qayd etgan natijani takrorladi

Konseysau Ronaldu qayd etgan natijani takrorladi

"Yuventus" vingeri Fransishku Konseysau A Seriyasida "Roma"ga qarshi uchrashuvda (3:3) gol urib, jamoasini hisobda tenglashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli futbolchi 47-daqiqada aniq zarba bilan 1:1 ni qayd etdi. Keyin rimliklar 3:1 hisobida oldinga chiqib oldi, biroq mehmonlar Jeremi Boga va Federiko Gatti urgan gollar evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Opta ma’lumotiga tayanib xabar berilishicha, Konseysau A Seriyasining bitta mavsumida "Roma"ga qarshi har ikki o‘yinda ham gol urgan atigi ikkinchi portugaliyalik bo‘ldi. Bungacha bunday natijani "Yuventus" safida 2018–2021 yillarda o‘ynagan Krishtianu Ronaldu qayd etgan.

Joriy mavsumda Konseysauning Italiya chempionatidagi gollari soni uchta bo‘lib, shundan ikkitasi aynan "Roma" darvozasiga kiritilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konseysau Ronaldu qayd etgan natijani takrorladi