date

Infantino Prestiannga Viniusius bilan vaziyatda qizil berish kerak dedi

Infantino Prestiannga Viniusius bilan vaziyatda qizil berish kerak dedi

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘yin vaqtida bahsli vaziyatlarda raqibiga gapirayotib og‘zini berkitadigan futbolchilarga nisbatan keskinroq chora ko‘rish tarafdori ekanini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chempionlar ligasidagi so‘nggi uchrashuvda «Benfika» vingeri Janluka Prestianngi «Real» futbolchisi Viniusius Juniorga murojaat qilayotganda og‘zini futbolkasi bilan yopgan. Shundan so‘ng braziliyalik futbolchi hakamga raqib tomonidan irqchilikka oid haqoratlar bo‘lganini aytib shikoyat qilgan.

Infantinoning fikricha, bunday holatlarda futbolchi qizil kartochka olishi kerak: agar o‘yinchi og‘zini berkitib nimadir desa va keyin uni irqchilikda ayblashsa, bu epizodning o‘zi jazoga tortilishi lozim. U buni «oddiy mantiq» bilan izohladi: haqoratli gap bo‘lmasa, nega og‘izni yopish kerak?

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Real» «Benfika»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Infantino Prestiannga Viniusius bilan vaziyatda qizil berish kerak dedi