date

Al-Nasr murabbiyi Ronaldu jarohati haqida ma'lumot berdi

Al-Nasr murabbiyi Ronaldu jarohati haqida ma'lumot berdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu olgan jarohat yuzasidan fikr bildirdi. 41 yoshli hujumchi «Al-Feyha»ga qarshi uchrashuv (3:1) davomida noqulaylik sezgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Ronaldu mushaklarida og'riq paydo bo'lgan va tavakkal qilmaslik uchun u maydondan almashtirilgan. Endi klub shifokorlari jarohat qanchalik jiddiy ekanini aniqlab, yakuniy xulosa beradi.

Eslatib o'tamiz, o'sha bahsda portugaliyalik futbolchi 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya klubi safida 26 ta o'yinda qatnashib, 22 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronaldu jarohati haqida ma'lumot berdi