date

Galatasaroy va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda

Galatasaroy va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda

Turkiyaning ikki yirik klubi — Galatasaroy va Fenerbahche vakillari bo'lgan ikki futbolchi stavkalarda ishtirok etgani sabab jiddiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap Galatasaroy himoyachisi Metehan Baltadji hamda Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Ularga nisbatan mos ravishda 13 yil va 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ehtimoli bor.

Sabah nashri xabariga ko'ra, Baltadji kamida ikki marta Galatasaroy o'yinlariga pul tikkan. U o'sha bahslarda asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo'lsa-da, qaydnomada bo'lgan — bu esa futbolchining natijaga ta'sir o'tkazish imkoniyati bo'lishi mumkinligini anglatadi.

Turkiya qonunchiligiga ko'ra, professional sportchi tikish vaqtida o'z maqomini bukmekerlarga bildirishi shart edi. Biroq futbolchi bu talabni bajarmagani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaroy va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda