Turkiya kubogi. «Bashakshehir» o‘z uyida «Trabzonspor»ga yutqazib qo‘ydi

Turkiya kubogi. «Bashakshehir» o‘z uyida «Trabzonspor»ga yutqazib qo‘ydi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Bashakshehir»
  • Turkiya kubogi 4-turida o‘z maydonida «Trabzonspor»ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
  • Mezbonlar Nunu da Koshta va Ivan Brnich gollari evaziga 2:1 hisobida oldinga chiqdi, biroq «Trabzonspor»
  • 70, 84 va 85-daqiqalarda yana uchta gol urib, kambek qildi. «Bashakshehir» safida Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov asosiy tarkibda to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi, Eldor 38-daqiqada sariq kartochka oldi, Ba esa 79-daqiqada qizil kartochka bilan maydondan chetlatildi.

Turkiya kubogi 4-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Trabzonspor»ni qabul qildi va sergol, shiddatli bahsda 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv juda erta gol bilan boshlandi: 6-daqiqada mehmonlar hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Nunu da Koshta «Bashakshehir»ni o‘yinga qaytardi, 66-daqiqada Ivan Brnich mezbonlarni oldinga olib ham chiqdi. Ammo shundan keyin bahs butunlay o‘zgardi: «Trabzonspor» 70, 84 va 85-daqiqalarda yana uch bor zarba berib, kambek qildi va g‘alabani ilib ketdi.

Bu o‘yin o‘zbek muxlislari uchun ham alohida qiziq o‘tdi. «Bashakshehir» safida Abbosbek Fayzullayev ham, Eldor Shomurodov ham asosiy tarkibda tushdi va har ikkisi to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Eldor 38-daqiqada qoidabuzarlik uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

Turkiya kubogi. «Bashakshehir» o‘z uyida «Trabzonspor»ga yutqazib qo‘ydi

Mezbonlar uchun yana bir og‘ir zarba 79-daqiqada keldi. Himoyachi Ba to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam holatda qoldirdi. Aynan shu epizoddan keyin «Bashakshehir»ning o‘yini izdan chiqdi va mehmonlar bundan to‘liq foydalanib ketdi.

Turkiya kubogi. «Bashakshehir» o‘z uyida «Trabzonspor»ga yutqazib qo‘ydi

Turkiya kubogi. 4-tur

Bashakshehir – Trabzonspor 2:4

Gollar: Da Kosta 48, Brnich 66 – Augusto 6, Es’hillach 70, Onuacho 84, Tufan 85.

Bashakshehir – Dogan, Onur (Sahiner, 59), Duarte, Ba, Operi, Umut, Kemen (Ozdemir, 83), Brnich (Sari, 72), Da Kosta (Zelke, 72), Fayzullayev, Shomurodov.

Nuri Shahin jamoasi shu mag‘lubiyatdan keyin A guruhida 6 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. «Trabzonspor» esa 9 ochko jamg‘arib, 2-pog‘onadagi o‘rnini mustahkamladi.

Qisqasi, «Bashakshehir» bir payt g‘alabaga juda yaqin kelgandi, ammo qizil kartochka va qisqa vaqt ichida o‘tkazib yuborilgan hal qiluvchi gollar jamoani og‘ir mag‘lubiyatga olib keldi. Eldor va Abbos esa to‘liq o‘yin o‘tkazib, muhokamalar markazida bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar