18:44 / 24.03.2017
3 654

«Ustimizdan kulishlariga yo‘l qo‘ymaymiz». Babayanga qarshi aksiya boshlandi

«Ustimizdan kulishlariga yo‘l qo‘ymaymiz». Babayanga qarshi aksiya boshlandi
O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralash bosqichida Suriyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng muxlislarning keskin noroziligiga uchradi.

Tarmoqlarda terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanga nisbatan turli norozilik bannerlari bitilgan tasvirlar paydo bo‘lgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Shunday norozilik aksiyalaridan biri Lachetti rusumidagi avtomobilga Babayanni ketishini so‘rab bitilgan bannerda ham aks etgan. Muxlis Babayanga o‘z gaplarini mashinasiga yopishtirilgan bannerlari orqali izhor etgan va uni #babayanout heshtegi bilan tugatgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichida 6 o‘yindan keyin 9 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda bormoqda. Terma jamoa navbatdagi uchrashuvni 28 mart kuni Toshkentda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.






arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Ustimizdan kulishlariga yo‘l qo‘ymaymiz». Babayanga qarshi aksiya boshlandi