date

Evan Ndika faoliyatini Barselonada davom ettirishi mumkin

Evan Ndika faoliyatini Barselonada davom ettirishi mumkin

Italiyaning "Roma" klubi himoyachisi Evan Ndika faoliyatini Ispaniyaning "Barselona" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning nufuzli Sport.es nashri xabar tarqatdi. Ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar 26 yoshli ivuarlik futbolchining o'yin uslubini diqqat bilan kuzatmoqda va u jamoa himoyasidagi muammolarni bartaraf etishga qodir deb hisoblamoqda.

Hozirgi vaqtda "Barselona" mutaxassislari futbolchi haqida batafsil ma'lumotlar to'plamoqda. Ndika joriy mavsumda "Roma" safida barcha turnirlar doirasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evan Ndika faoliyatini Barselonada davom ettirishi mumkin