Real Madrid yulduzi Rodri transferiga qarshi chiqdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoa rahbariyatiga keskin shart qo'ydi. Braziliyalik futbolchi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Qirollik klubi"ga o'tadigan bo'lsa, jamoani tark etishini ma'lum qildi. Bu haqda Ispaniyaning El Nacional nashri xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi "Oltin to'p" sovrini uchun asosiy da'vogar aynan Vinisius hisoblanayotgan edi. Biroq yakunda nufuzli mukofot kutilmaganda Rodriga nasib etdi. Ushbu qarordan norozi bo'lgan "Real Madrid" o'sha vaqtda taqdirlash marosimini boykot qilgan edi. Ko'rinishidan, Vinisius hali ham bu voqeani unutmagan va ispaniyalik futbolchi bilan bir safda to'p surishni istamayapti.
Ayni damda Vinisiusning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Biroq tomonlar o'rtasidagi munosabatlar biroz taranglashgan. Xabarlarga ko'ra, futbolchi va klub rahbariyati maosh masalasida hamon kelisha olmayapti. Agar Rodri transferi amalga oshsa, Vinisiusning Madridni tark etish ehtimoli yanada ortishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!