O'zbekistonlik dzyudochilar Antaliyada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

1 daqiqa o'qish370
O'zbekistonlik dzyudochilar Antaliyada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilayotgan "Millennium Team Cadet Yeuropean Cup 2026" xalqaro turniri o'zbekistonlik yosh dzyudochilar uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Musobaqaning ilk kunida terma jamoamiz a'zolari shiddatli bahslarda munosib ishtirok etib, umumiy hisobda 8 ta medalni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

Turnir davomida Iroda Sirojiddinova, Charos Hikmatova hamda Bobur Yusupov o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag'lub etib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. Ularning g'alabasi sharafiga Turkiya zaminida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Shuningdek, terma jamoamiz hisobiga 2 ta kumush va 3 ta bronza medali ham yozildi.

O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, kumush medallarga Shohjahon Usmonov va Akromjon Karimov sazovor bo'lishdi. Bronza medallari esa Alina Kolyucheva, Ma'murjon Abduvahobov hamda Davlatbek Ahrorovga nasib etdi. Yosh sportchilarimizning bu natijasi kelgusi xalqaro musobaqalar oldidan katta ishonch uyg'otmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?