date

Kannavaro Shomurodov va Fayzullayevlarning o‘yinini stadiondan kuzatdi...

Kannavaro Shomurodov va Fayzullayevlarning o‘yinini stadiondan kuzatdi...

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ayni kunlarda Turkiyada bo‘lib turibdi. Italiyalik mutaxassis Turkiya Superligasining 25-turi doirasida o‘tgan “Istanbul Bashakshexir” — “Gyoztepe” uchrashuvini stadiondan bevosita tomosha qildi.

Bu bahs o‘zbek muxlislari uchun ham alohida qiziq bo‘ldi: “Bashakshexir” safida O‘zbekiston terma jamoasining ikki futbolchisi — Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kannavaro esa ularning harakatlarini jonli ravishda kuzatib, forma, tayyorgarlik va maydondagi rolini qayta baholash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Uchrashuvdan tashqari, Kannavaroning Turkiya safari faqat futbol tomosha qilish bilan cheklanmadi. Ma’lum qilinishicha, u klub prezidenti Gyoksel Gyumyushdag va Mustafa Eryog‘ut, Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella hamda Selchuk Shahin bilan ham uchrashgan.

Istanbulliklar klubi tarqatgan xabarda aytilishicha, “Klub prezidenti Gyoksel Gyumүshdag va Mustafa Eryog‘ut Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, shuningdek, Turkiya terma jamoasi va klubning sobiq murabbiy yordamchisi Selchuk Shahinni mehmon qildi”. Uchrashuv “iliq va samimiy muhitda” o‘tgani ham qayd etilgan.

Qisqasi, Kannavaroning Istanbulga tashrifi bir vaqtning o‘zida ikki maqsadga xizmat qildi: birinchidan, terma jamoamiz legionerlarini joyida ko‘rib baholash; ikkinchidan, turk futboli va murabbiylar doirasi bilan aloqalarni mustahkamlash. Bu esa kelajakda ham terma, ham legionerlarimiz uchun foyda berishi mumkin bo‘lgan “to‘g‘ri qadam” sifatida ko‘rinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kannavaro Shomurodov va Fayzullayevlarning o‘yinini stadiondan kuzatdi...