Kvaratsxeliya uchun Angliya Premer ligasi eshiklari ochilmoqda

Fransiyaning "PSJ" klubi sharafini himoya qilayotgan iqtidorli vinger Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin. Xorijiy matbuot xabarlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" klubi rahbariyati gruziyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"Qizil iblislar" murabbiylar shtabi Kvaratsxeliya hamda Bruno Fernandesh tandemi jamoaga chempionlik uchun kurashishda katta yordam berishiga ishonmoqda. Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchi 2025 yilda "Napoli"dan "PSJ" safiga 80 million yevro evaziga o'tgan edi. Uning Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda Xvicha parijliklar safida barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urishga va 6 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. "Transfermarkt" portali iqtidorli vingerning transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda. Agar transfer amalga oshsa, bu yozgi transfer oynasining eng shov-shuvli voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!