date

Atletiko himoyachisi futbolni go'sht maydalagichga o'xshatdi

Atletiko himoyachisi futbolni go'sht maydalagichga o'xshatdi

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Xose Ximenes zamonaviy futbol taqvimidagi tig'iz o'yinlar jadvaliga nisbatan keskin tanqidiy fikrlarini bildirdi. Urugvaylik futbolchining so'zlariga ko'ra, hozirgi sharoitda o'yinchilar jismoniy va ruhiy jihatdan juda katta bosim ostida qolmoqda.

"Bu xuddi haqiqiy go'sht maydalagichga o'xshaydi. Bizga dam olish uchun vaqt kerak, chunki futbolchilar o'z sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqda. Hozirgi holatimiz xuddi sirkdagi masxarabozlarga o'xshaydi, qachon buyurishsa, o'sha paytda maydonga tushishga majburmiz", — deya ta'kidladi Ximenes "Marca" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 7 mart kuni Diego Simeone shogirdlari La Liga doirasidagi bahsda "Real Sosedad" ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Shunga qaramay, jamoa dam olishga ulgurmay, navbatdagi muhim bellashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. Madridliklar 10 mart kuni Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Londonda "Tottenxem" mehmoni bo'lishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletiko himoyachisi futbolni go'sht maydalagichga o'xshatdi