date

Verder safarda yirik g'alabani tantana qildi

Verder safarda yirik g'alabani tantana qildi

Germaniya chempionatining 25 turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvlar yakuniga yetdi. «Sankt Pauli» o'z maydonida «Ayntraxt» jamoasini qabul qildi. Garchi mezbonlar to'p nazoratida ustunlik qilmagan bo'lsa-da, raqib darvozasi oldida bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo'ldi. Biroq hujumlar samarasiz yakunlanib, o'yin 0:0 hisobidagi durang bilan tugadi.

Ikkinchi bahsda esa «Verder» safarda «Yunion Berlin» ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvning 18 daqiqasida mezbonlar Derrik Kyo'hnning penaltidan kiritgan goli evaziga hisobni ochishdi. Biroq ko'p o'tmay, Andrash Shefer qo'pol o'yin uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bir kishi kam bo'lib qolgan «Yunion Berlin» himoyasi «Verder» bosimiga dosh bera olmadi. 31 daqiqada Olive Deman muvozanatni tiklagan bo'lsa, 35 daqiqada Yens Stage boshi bilan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda Marko Gryull va Patriss Chovich tomonidan kiritilgan gollar yakuniy hisobni 4:1 ko'rinishiga keltirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Verder safarda yirik g'alabani tantana qildi