date

Transfermarkt APL futbolchilari narxini yangiladi

Transfermarkt APL futbolchilari narxini yangiladi

Mashhur Transfermarkt portali Angliya Premer ligasida to'p surayotgan futbolchilarning yangilangan bozor qiymatlarini e'lon qildi. Reytingda o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning narxi avvalgi darajada saqlanib qolgani ma'lum bo'ldi. Hozirda "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimizning transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, iqtidorli himoyachi 2025 yil boshida Fransiyaning "Lans" klubidan "shaharliklar" safiga kelib qo'shilgan edi. U qisqa vaqt ichida yangi jamoasiga moslashib, o'z o'rnini mustahkamlashga muvaffaq bo'ldi.

Reytingning yuqori pog'onasida esa kutilganidek norvegiyalik hujumchi Erling Xoland bormoqda. Uning narxi 200 million yevro deb baholanib, klubdagi eng qimmat futbolchi maqomini saqlab qoldi. Ikkinchi o'ringa 75 million yevro qiymat bilan Antuan Semenyo ko'tarilgan bo'lsa, kuchli uchlikni 70 million yevro baho bilan xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol yakunlab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Transfermarkt APL futbolchilari narxini yangiladi