date

Yulduz futbolchi Manchester Sitini tark etishga qaror qildi

Yulduz futbolchi Manchester Sitini tark etishga qaror qildi

Joriy mavsum yakunlangach, "Manchester Siti" jamoasi o'zining yetakchi futbolchilaridan birini yo'qotadi. Mashhur jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qilgan. Tomonlar o'rtasida yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib borilmayotgani futbolchining ketishi deyarli aniq ekanini ko'rsatmoqda.

Bernardu Silva "Manchester Siti" safida 2017 yil iyul oyidan buyon to'p surib kelmoqda. U jamoaning o'yin uslubida muhim o'rin tutadi va joriy mavsumda sardorlik vazifasini ham bajarmoqda. Xosep Gvardiola qo'l ostida u 446 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 75 ta gol urishga va 77 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Tajribali futbolchi endilikda yangi chaqiriqlarni qabul qilish maqsadida erkin agent sifatida boshqa jamoa safiga o'tishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yulduz futbolchi Manchester Sitini tark etishga qaror qildi