«Neftchi» Farg‘onada «Andijon»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

«Neftchi» Farg‘onada «Andijon»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekiston Superligasi 3-turining ilk uchrashuvida «Neftchi» o'z maydonida «Andijon»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
  • Gollarni 42-daqiqada Alisher Odilov, 50-daqiqada Jamshid Iskanderov va 56-daqiqada Anvarjon G'ofurov urdi.
  • Jamshid Iskanderov bitta gol bilan birga ikki bor golli uzatma berib, «Neftchi»ning g'alabasiga katta hissa qo'shdi.
  • «Neftchi» uch turdan keyin 9 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi, «Andijon» esa 3 ochko bilan qoldi.

O‘zbekiston Superligasida 3-tur uchrashuvlari boshlandi va startdayoq Farg‘onadagi muhit o‘z so‘zini aytdi. Turning ilk bellashuvida «Neftchi» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi va ishonchli, ta’sirchan o‘yin namoyish etib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsning birinchi yarmida jamoalar ehtiyotkor harakat qildi, ammo mezbonlar bosimni asta-sekin kuchaytirib bordi. 42-daqiqada aynan shu ustunlik golga aylandi: Alisher Odilov hisobni ochdi va tribunalarni “portlatdi” — 1:0.

Ikkinchi bo‘limda esa «Neftchi» raqibni umuman hushiga keltirmadi. 50-daqiqada Jamshid Iskanderov o‘zining goli bilan hisobni 2:0 ga yetkazdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 56-daqiqada Anvarjon G‘ofurov ham darvoza yo‘lini topdi — 3:0.

Bu uchrashuvda Jamshid Iskanderov asosiy qahramon bo‘ldi: u nafaqat bitta gol urdi, balki ikki bor golli uzatma ham berib, jamoasining hujumiga yo‘l ochdi. Iskanderov Alisher Odilov va Anvar G‘ofurovning gollariga assistentlik qildi.

Shu tariqa, «Neftchi» uch turdan keyin 9 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni yanada mustahkamlab oldi. «Andijon» esa hozircha 3 ochko bilan qolmoqda.

Superliga. 3-tur

Neftchi – Andijon 3:0

Gollar: Alisher Odilov, 42 (1:0), Jamshid Iskandarov, 50 (2:0), Anvarjon G‘ofurov, 56 (3:0)

Neftchi: Botirali Ergashev, Boyan Siger, Muhsinjon Ubaydullayev, Anvarjon G‘ofurov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abrorbek Ismoilov (Ratinio, 69), Vladimir Yovovich (Asilbek Jumayev, 69), Jamshid Iskanderov (Farrux Sayfiyev, 78), Yovan Jokich, Alisher Odilov (Xurshid G‘iyosov, 69), Stipe Peritsa.

Andijon: Rahimjon Davronov, Nemanya Chalasan, Igor Golban, Islom To‘xtaxo‘jayev, Mahmudjon Mahamadjonov, Odilbek Abdumajidov (Jamshid Boltaboyev, 46), Aleksandre Andronikashvili, Dragan Cheran, Martin Boakye, Imeda Ashortiya, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar