date

Mishel Platini VAR tizimini keskin tanqid qildi

Mishel Platini VAR tizimini keskin tanqid qildi

UEFA sobiq prezidenti va fransuz futboli afsonasi Mishel Platini zamonaviy futbolda VAR tizimidan foydalanish tartibiga nisbatan o'zining tanqidiy fikrlarini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, video takrorlar tizimi o'yinning tabiiy ruhini buzmoqda va hakamlik tizimini murakkablashtirib yubormoqda.

Platini «After Foot» dasturiga bergan intervyusida VAR tizimini faqatgina inson ko'zi bilan aniqlash qiyin bo'lgan vaziyatlarda, xususan, ofsaydlar va chiziqli epizodlarda qo'llash maqsadga muvofiqligini ta'kidladi. Uning fikricha, texnologiyalar futbolning asosiy qoidalarini o'zgartirib yubormasligi kerak.

Ayniqsa, qo'l bilan o'ynash holatlarida VAR aralashuvidan charchaganini yashirmagan sobiq futbolchi, bu boradagi qoidalarning tez-tez o'zgarishi o'yin sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini qayd etdi. Uning so'zlariga ko'ra, qo'l bilan o'ynash tasodifiy yoki qasddan bo'lishi mumkin, ammo VAR tufayli hakamlar har bir vaziyatni haddan tashqari chuqur tahlil qilishga majbur bo'lmoqda.

Eslatib o'tamiz, VAR tizimi 2018 yilda xalqaro miqyosda rasman qabul qilingan edi. O'sha vaqtdan buyon ushbu tizim futbol olamida bahs-munozaralarga sabab bo'lib kelmoqda. Ko'plab mutaxassislar va muxlislar ham xuddi Platini singari, texnologiyalar o'yinning dinamikasini sekinlashtirayotganidan shikoyat qilishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mishel Platini VAR tizimini keskin tanqid qildi