
17 yoshli bokschi Angliyaning Derbishir grafligida o‘tgan boks jangidan keyin vafot etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Uchrashuv 24 mart kuni bo‘lib o‘tgan. Sportchining ahvoli jangdan keyin keskin yomonlashgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Mansfild shahridagi shifoxonaga olib borilgan. Biroq bokschi shifoxonaga kelgach vafot etgan.
Mahalliy polisiya o‘smirning o‘limi bo‘yicha tergov o‘tkazmoqda. "Bu bosqichda voqea bo‘yicha hech qanday shubhali vaziyat aniqlanmagan. Biz jang yozuvini yoki tergovga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa bir ma’lumotni izlamoqdamiz", deb ma’lum qilgan polisiya vakili. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.