"Galatasaroy" o‘z maydonida "Liverpul"ni qanday mag‘lub etdi? (video)

Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida Istanbulda qiziqarli to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. «Galatasaroy» o‘z maydonida Angliyaning nufuzli klubi «Liverpul»ni qabul qildi. Muxlislar bilan to‘la stadionda kechgan bahs mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning boshidayoq tashabbusni qo‘lga olgan turk klubi tezkor golga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 7 daqiqasida Lemina raqib darvozasini aniq nishonga olib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
YECHL. 1/8 final
Galatasaroy — Liverpul 1:0
Gol: Lemina 7.
Ushbu qarama-qarshilikning javob uchrashuvi 19-mart kuni Angliyada bo‘lib o‘tadi. «Liverpul» o‘z uyida muxlislari ko‘magida vaziyatni o‘nglashga urinib ko‘radi, «Galatasaroy» esa ushbu kichik ustunlikni saqlab qolish va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!