date

Eron vaziri keskin bayonot berdi: terma jamoa JCH-2026da qatnashmaydimi?

Eron vaziri keskin bayonot berdi: terma jamoa JCH-2026da qatnashmaydimi?

Eron sport vaziri Ahmad Dunyomali mamlakat milliy terma jamoasining 2026-yil AQSHda o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashishi borasida qattiq pozitsiya bildirdi. Uning aytishicha, so‘nggi siyosiy voqealar, yo‘qotishlar va umumiy vaziyat fonida termaning turnirga borishi amalda imkonsiz ko‘rinayapti.

Vazir bayonotida juda og‘ir ruhiy fon seziladi. U “bizga sakkiz yoki to‘qqiz oy ichida ikkita urush tiqishtirildi” degan mazmunda gapirib, bunday vaziyatda sport haqida o‘ylash ham qiyin ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, u “minglab vatandoshlar halok bo‘ldi” degan fikrlarni ham keltirib, Jahon chempionatida ishtirok etish uchun “hech qanday sharoit qolmagani”ni aytgan.

"Korrupsiyaga botgan hukumat tomonidan yetakchimiz o‘ldirilganidan so‘ng, Jahon chempionatida ishtirok etishimiz uchun hech qanday sharoit qolmadi.

Eronga qarshi amalga oshirilgan shafqatsiz harakatlar fonida — sakkiz yoki to‘qqiz oy ichida bizga ikkita urush tiqishtirildi va buning oqibatida minglab vatandoshlarimiz halok bo‘ldi. Bunday og‘ir sharoitda musobaqada qatnashish uchun bizda umuman imkoniyat yo‘q", — dedi Dunyomali.

Bu bayonotlar fonida FIFA tomonidan boshqa signallar ham bor. Masalan, FIFA prezidenti Janni Infantino AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan keyin Eron termasi JCH–2026da qatnashishi mumkinligini, Tramp bu masalada “Eron jamoasiga eshik ochiq” ekanini aytganini bildirgan.

Ya’ni hozir vaziyat shunday: bir tarafda — Eron ichidagi mas’ullar “bunday og‘ir sharoitda turnirga borishning o‘zi mushkul” deya keskin gapiryapti, ikkinchi tarafda — FIFA va AQSH tomonidan “qatnashish mumkin” degan rasmiyroq pozitsiya ko‘rinadi. Shu sabab bu mavzu atrofidagi noaniqlik hali ancha davom etishi ehtimol.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eron vaziri keskin bayonot berdi: terma jamoa JCH-2026da qatnashmaydimi?