Amanda Steyveli "Tottenham"ni nishonga oldi

"Newcastle"ning sobiq aksiyadori va direktori Amanda Stevli London klubi qiyin Premyer Liga mavsumini boshdan kechirayotgan bir paytda "Tottenham"ni sotib olishga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. TEAMtalk xabariga ko'ra, "Tottenham"dagi hozirgi muammolar Stevliga Lyuislar oilasiga yanada jozibadorroq narxda taklif bilan chiqish uchun imkoniyat yaratishi mumkin.
Stevli Saudiya Arabistonining Public Investment Fund jamg'armasiga "Newcastle"ni sotib olish jarayonini yakunlashda yordam bergani bilan yaxshi tanilgan. Ushbu kelishuvdagi roli evaziga u klubning 10 foiz ulushini oldi va direktor lavozimini egalladi. Biroq, 2024 yil yozida u "Newcastle" bilan barcha aloqalarini uzdi va o'shandan beri keyingi investitsiya uchun qaysi klubni nishonga olishi mumkinligi haqida doimiy taxminlar yangramoqda.
Xabarda yana aytilishicha, agar Stevli klubni sotib olishga erishsa, u Eddi Hauni ham "Tottenham"ga olib kelishga urinishi mumkin. Ular "Newcastle"dagi birga ishlagan davrida Hau bilan mustahkam ishchi munosabatlarni yo'lga qo'ygan va u bosh murabbiy etib tayinlamoqchi bo'lgan asosiy nomlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Hozircha bu g'oya taxmin darajasida qolmoqda, ammo u "Tottenham" atrofidagi noaniqlikka yana bir qiziqarli qatlam qo'shmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!