«Liverpul» Kamavinga uchun asosiy da’vogarga aylandi

«Liverpul» Kamavinga uchun asosiy da’vogarga aylandi
Qisqacha

«Liverpul» «Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani transfer qilish uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda. «Real» rahbariyati 23 yoshli fransuz futbolchisi bo'yicha tushishi mumkin bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga qarshi emas. Kamavinga faoliyatini Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoada davom ettirishni istamoqda, «Manchester Yunayted» va «Chelsi» esa uning vakillari bilan aloqa o'rnatgan. Futbolchining transferi taxminan 70 million funtga baholanmoqda.

Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni «Liverpul» transfer bozorida navbatdagi yirik qadamni tashlashga tayyor. Mersisaydliklar bu gal Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni qo‘lga kiritishda asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

TEAMtalk manbasiga ko‘ra, «Real» rahbariyati 23 yoshli fransuz futbolchisi bo‘yicha tushishi mumkin bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga qarshi emas. Shu bilan birga, Kamavinga o‘z faoliyatini Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoada davom ettirishni istamoqda, bu esa «Liverpul» imkoniyatlarini yanada oshiradi.

Faqat mersisaydliklar emas, balki Angliyaning boshqa grant klublari — «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ham futbolchiga qiziqish bildirib, uning vakillari bilan aloqa o‘rnatgan. Bu esa transfer uchun jiddiy raqobat yuzaga kelishi mumkinligini anglatadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Kamavinga transferi taxminan 70 million funt atrofida baholanmoqda. Bu summa «Real» rahbariyatini o‘yinchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi mumkin bo‘lgan jiddiy taklif sifatida baholanmoqda.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, «Liverpul» yarim himoya chizig‘ini yanada kuchaytirib, Yevropa maydonlaridagi raqobatda o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga intilmoqda. Endi eng qizig‘i — Kamavinga qaysi klubni tanlaydi?

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar