date

Lamin Yamal stadiondagi haqoratli qichqiriqlarni qatʼiy tanqid qildi

Lamin Yamal stadiondagi haqoratli qichqiriqlarni qatʼiy tanqid qildi

“Barselona” va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal Ispaniya hamda Misr o‘rtasidagi do‘stona o‘yinda (0:0) sodir bo‘lgan haqoratli qichqiriqlar haqida fikr bildirdi. Bellashuv Barselona shahrida bo‘lib o‘tdi. Taxminan 20-daqiqada muxlislarning bir qismi «Kim sakramasa, u musulmon» degan qichqiriqlarni yangratdi, baʼzi tomoshabinlar esa shu qichqiriqqa mos ravishda sakray boshladi.

Yamal o‘z fikrida taʼkidladi: «Men musulmonman, alhamdulillah. Kecha stadionda shu qichqiriqlar yangradi. Bilaman, bu asosan raqib jamoaga qaratilgan va shaxsan menga emas. Lekin musulmon sifatida bu men uchun hurmatsizlik va qabul qilinmaydigan holatdir».

U barcha muxlislarga murojaat qilib, dinga bog‘liq hazillar haqorat va irqchilikni yuzaga keltirishi mumkinligini eslatdi: «Futboldan zavq olish va jamoani qo‘llab-quvvatlash kerak, odamlarni ularning dini yoki shaxsiy eʼtiqodi uchun haqorat qilish kerak emas».

Shu bilan birga, Yamal barcha muxlislarga tashakkur bildirib, ularning qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik izhor qildi va: «Jahon chempionatida ko‘rishguncha», deb yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal stadiondagi haqoratli qichqiriqlarni qatʼiy tanqid qildi