date

Angliya Premyer-ligasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar top-5 reytingi

Angliya Premyer-ligasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar top-5 reytingi

Fransiyaning L‘Équipe sport nashri Angliya Premyer-ligasida oylik eng yuqori daromad oluvchi besh nafar futbolchini eʼlon qildi. Ularning maoshlari boshqa chempionat va klublar futbolchilari uchun orzu bo‘lishi tabiiy.

Ro‘yxatda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland birinchi o‘rinni egallab turibdi. Norvegiyalik yulduzning oylik maoshi 2,63 million yevroni tashkil etadi.

Quyida Premyer-ligada oylik eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar TOP-5 ro‘yxati keltirilmoqda:

  • Erling Xoland (“Manchester Siti”) — 2,63 mln yevro
  • Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 2 mln yevro
  • Kazemiro (“Manchester Yunayted”) — 1,75 mln yevro
  • Virjil van Deyk (“Liverpul”) — 1,75 mln yevro
  • Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) va Bukayo Saka (“Arsenal”) — 1,5 mln yevro

O‘zbekistonlik muxlislar eʼtiborini hamyurtimiz Abduqodir Husanovning Premyer-ligadagi maoshi jalb qiladi. 22 yoshli futbolchimiz hozirda yirik yulduzlar darajasida daromad topmasa ham, Capology portali maʼlumotlariga ko‘ra, Abduqodir “Manchester Siti”da yiliga 3,8 million yevro ishlaydi.

Uning klub bilan imzolagan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi va bu muddatda jami 15,2 million yevro daromad topishi mumkin. Albatta, klub bilan kelishuvni yangilaganda bu summa o‘zgarishi ehtimoldan xoli emas.

Eslatib o‘tamiz, Husanov professional faoliyatini Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida boshlagan va keyin Fransiyaning “Lans” klubiga ko‘chib o‘tgan, bu davrda uning maoshi hozirgidan ancha past bo‘lgan.

Angliya Premyer-ligasi klublari jahon futbolida futbolchilarga eng yuqori maosh taklif qilishi bilan ham ajralib turadi, bu esa muxlislar uchun doim qiziqarli statistika hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya Premyer-ligasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar top-5 reytingi