Arne Slot “Siti” bilan o‘yindagi sharmandali mag‘lubiyat haqida nima dedi?

Arne Slot “Siti” bilan o‘yindagi sharmandali mag‘lubiyat haqida nima dedi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Angliya kubogining chorak finalida amaldagi chempion “Liverpul” safarda “Manchester Siti”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
  • “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot bu natijani katta muvaffaqiyatsizlik va ko‘ngilsizlik deb baholadi.
  • U 20 daqiqa ichida to‘rtta gol o‘tkazib yuborish klub uslubiga mos kelmasligini ta’kidladi.
  • Slot jamoa yangi taktik va psixologik tayyorgarlik orqali kelgusida bunday vaziyatlarning oldini olishi mumkinligini aytdi.

Angliya kubogining chorak finalida mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul” safar uchrashuvida “Manchester Siti”ga yirik hisob — 0:4 bilan mag‘lub bo‘ldi. Bu natija muxlislar va klub jamoasi uchun katta g‘am-qayg‘u keltirdi.

Uchrashuvdan so‘ng mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning taʼkidlashicha, natija o‘z-o‘zidan hammasini aytgan va bu katta muvaffaqiyatsizlik hisoblanadi. “Mag‘lubiyatning o‘zi yomon, ammo biz ko‘p marta o‘ynagan, kurashgan va ko‘p bor g‘alaba qozongan jamoaga qarshi chorak finalda 0:4 hisobida yutqazdik — bu albatta katta ko‘ngilsizlik”, — dedi u.

Slot shunga ham eʼtibor qaratdiki, 20 daqiqa ichida to‘rtta gol o‘tkazib yuborish — bu klub uslubiga to‘g‘ri kelmaydi va shu bois natija yana-da og‘ir tuyuldi. Uning fikricha, jamoa yangi taktik va psixologik tayyorgarlik orqali kelgusida bunday vaziyatlarni oldini olishi mumkin.

"Biz 20 daqiqa ichida to‘rtta gol o‘tkazib yubordik — bu bizning uslubimiz emas", - dedi Arne Slot klub rasmiy saytiga.

Hozircha yarim final juftliklariga qurʼa tashlash 5 aprelga belgilangan. Yarim final o‘yinlari esa 25 va 26 aprel kunlari Londonning mashhur “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Muxlislar uchun bu uchrashuvlar yana-da qiziq va hayajonli bo‘lishi aniq.

Bu natija mersisaydliklarga saboq va kelgusidagi mavsum uchun motivatsiya sifatida xizmat qiladi. Jamoa muxlislari esa o‘z sevimli klubini har doim qo‘llab-quvvatlaydi va keyingi bahslarda yana-da kuchliroq qaytishini intizorlik bilan kutmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar