date

O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston futzal federatsiyasi tomonidan maxsus tadbir tashkil etildi.

Ushbu jarayonga federatsiya rahbariyati, futzal jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Kuning asosiy mavzusi esa Xose Mariya Mendezning O‘zbekiston milliy futzal jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi bo‘ldi.

Shu tariqa, ispaniyalik tajribali mutaxassis uchinchi marotaba O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Uning tayinlanishi milliy jamoa uchun yangi strategik yo‘nalishlarni belgilash va futzal rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Futzal muxlislari va sport jamoatchiligi Mendezning tajribasi hamda strategik fikrlari asosida milliy jamoaning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga umid bildirishmoqda. Bu tadbir O‘zbekiston futzalining rivojlanishi va xalqaro arenalardagi obro‘sini oshirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi